site-logo
RU EN UZ

Poliz ekinlarini yetishtirish texnologiyasi

Yangilik 1

Poliz ekinlari urug‘ining unib chiqishi ekish muddatini to‘g‘ri belgilashga bog‘liq. O‘zbekistonning markaziy viloyatlarida qovun va tarvuzning ertagi navlari 15 aprelgacha, o‘rtagisi 20 apreldan 10 maygacha, kechkisi 15 maydan 10 iyungacha ekiladi. Janubiy viloyatlarda ertagi navlar 10 aprelgacha, o‘rtagisi 10 va 20 aprelda, kechkilari esa 10 va 20 iyunda ekiladi. Shimoliy viloyatlarda esa ertagi navlar 20 aprelgacha, o‘rtagisi 25 apreldan 10 maygacha, kechkisi 20 va 30 mayda ekilishi lozim.

Yerni tayyorlash uchun kuzda 35 sm chuqurlikkacha shudgor qilinadi va mineral hamda organik o‘g‘itlar beriladi. Bahorda tuproq namini saqlash uchun boronalanadi, ekish oldidan esa chizellanadi. Yer harorati 14 va 15 darajaga yetganda ekish boshlanadi. Qator oralari 210 va 280 sm li keng egatlar olinadi. Urug‘lar 3 va 6 sm chuqurlikka ekiladi.

Poliz ekinlari qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lsa ham, ularni sug‘orib parvarishlash kerak. Bo‘ztuproqli yerlarda o‘suv davrida 8 va 9 marta, sizot suvi yuza joylarda esa 4 va 5 marta sug‘orish kifoya. Haddan tashqari sernam tuproq mevadagi qand miqdorini kamaytiradi va kasalliklarga sabab bo‘ladi.

Biz bilan bog‘laning

Aloqa

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Rustaveli Sh. 85

Andijon shahri, Mustaqillik 9