Kompaniya profili
Kompaniya haqida
Respublikamiz o‘simliklarni himoya qilish vositalari bozorida faoliyat yuritayotgan yangi kompaniyalardan bo‘lishiga qaramay, o‘zining turli assortimentdagi yuqori samarali mahsulotlari bilan keng xaridorlar ommasiga tanilib bormoqda.
Kompaniyamiz mutaxassislari mahsulotlarning yuqori samarali bo‘lishi bilan bir qatorda xaridorlar uchun qulay bo‘lgan narxlar belgilanishi ustida ish olib bormoqdalar. Shunga ko‘ra, biz taklif qilayotgan mahsulotlar qisqa muddatlarda o‘z xaridorlarini topib, bozordagi o‘rinni mustahkamlamoqda.
Hozirda kompaniyamiz tomonidan bozordagi yuqori talabga ega bo‘lgan bir necha turdagi insektoakaritsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar va maxsus o‘g‘itlar taklif etilmoqda. Biz taklif qilayotgan preparatlar o‘zining yuqori samaradorligi, sarf-me’yori kamligi va hamyonbopligi bilan boshqa preparatlardan afzallikka ega.
Sizlarga taqdim etayotgan ushbu katalog-qo‘llanmada kompaniyamizda mavjud bo‘lgan preparatlarning tarkibi, qanday ekinlarda, qaysi zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarga, qanday muddat va usullarda qo‘llanilishi, preparatlarimizning afzalliklari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar keltirilgan.
Umid qilamizki, ushbu qo‘llanma Sizlarga kompaniyamiz preparatlarini samarali qo‘llashda sizga yordam beradi. Bizning mahsulotlarimizni qo‘llab, hosilingizni zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan saqlab qolsangiz va yuqori daromadga erishsangiz biz o‘zimizning oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishgan bo‘lamiz!
Biz bilan bog‘laning
Aloqa
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Rustaveli Sh. 85
Andijon shahri, Mustaqillik 9