Ertagi karam ko‘chatlarini ekish va parvarishlash
Ertagi karam ko‘chatlari respublikamizning markaziy mintaqalarida 10 martgacha, shimoliy mintaqalarida esa 30 martgacha ekiladi. Dalaga ekish uchun 40 yoki 45 kunlik, barglari to‘q yashil, ildizlari durkun rivojlangan, sog‘lom ko‘chatlar tanlab olinadi va 70x25 (30) sm sxemada ekiladi. Ko‘chatlar ekib bo‘lgandan so‘ng tuproq namligiga alohida e’tibor qaratish, talab etilsa sug‘orish lozim.
Oradan 2 yoki 3 kun o‘tgach egatlar ko‘zdan kechirilib, xato joylarga qayta ko‘chat ekiladi. Egatlarning oralari KRN 2,8A rusumli kultivator bilan 15 va 16 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi. Shuningdek, o‘simliklar atrofi yumshatiladi, ma’danli o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi va sug‘oriladi.
Biz bilan bog‘laning
Aloqa
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Rustaveli Sh. 85
Andijon shahri, Mustaqillik 9