VITAMAKS GOLD
Ta'sir etuvchi moddasi:
Karboksin 170 gr/l + Tiram 170gr/l
Preparat shakli:
Suspenziya konsentrati
Zaharlilik darajasi
III - sinfga oid
Qadog'i:
5 l
Qo‘llanilishi:
| Ekin turi | Sarf me’yori l/ga | Ishlatish muddati, usuli va tavsiya etilgan cheklovlar | Qaysi kasallikka qarshi ishlatiladi |
|---|---|---|---|
| G‘o‘za | 5.0 | 1 t chigit 25–30 l (tukli), 15–20 l (tuksiz) ishchi eritma bilan dorilanadi | Ildiz chirish, gommoz, nihollarning fuzarioz so‘lishi |
| G‘o‘za | 5.0 | 1 t chigit (kislotada tuksizlangan) 15–20 l ishchi eritma bilan dorilanadi | Ildiz chirish |
| Kuzgi bug‘doy | 2.0–2.5 | 1 t don 10 l ishchi eritma bilan dorilanadi | Chang va qattiq qorakuya |
| Kuzgi bug‘doy | 2.5 | 1 t don 10 l ishchi eritma bilan dorilanadi | Fuzarioz ildiz chirish |
Afzalliklari:
Bug‘doy va boshqa donli ekinlar hamda g‘ozaning tuproq va urug‘ orqali o‘tuvchi kasalliklarga qarshi qo‘llaniladigan kontakt (tekkanida) va sistemali (ichdan) ta’sir etuvchi ikki tarkibli yuqori samarali dorilagich. Preparatning fiziologik ta’siri ildiz hosil bo‘lishini ta’minlab, unib chiqish darajasini oshiradi. Preparat o‘sish nuqtasi tomon harakatlanib nihol va ildiz tizimini kasallik patogenlaridan ishonchli himoya qiladi. Urug‘ ichida va tashqi yuzasida joylashgan kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning vegetativ hamda generativ organlar rivojlanishini to‘xtatadi. Urug‘ning unib chiqishi nihollarning paydo bo‘lishi va ildiz tizimi rivojlanishini faollashtiradi.
Biz bilan bog‘laning
Aloqa
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Rustaveli Sh. 85
Andijon shahri, Mustaqillik 9