site-logo
RU EN UZ

Limon ekish

Yangilik 1

Issiqxonalarga odatda 3x3, 4x3 ёки 5x4 sxemalarda ekiladi. Issiqxona maydonidan unumli foydalanish maqsadida ko‘p hollarda ko‘chatlarni imkon qadar zichroq ekishga harakat qilinadi. Bunda ko‘chatlarga ixchamroq ko‘rinishdagi shakl berish lozim bo‘ladi. Lekin ko‘chatlarni o‘ta zich tarzda ekish ham mumkin emas. Chunki ko‘chatlarga quyosh nuri yaxshi tushishi va ko‘chatlar o‘sish jarayonida bir biriga halaqit bermasligi kerak.

Limon ko‘chatlari ekiladigan issiqxona tuprog‘i unumdor, chirindilarga boy va hosildor bo‘lishi juda muhim. Har bir ko‘chat ekiladigan joyga chirigan go‘ng va toza qumdan 20 foiz atrofida aralashtirilsa yosh limon ko‘chatlari yerga yaxshi o‘rnashib, tez o‘sadi va oson rivojlanadi.

Limon ko‘chatlarining 1 yoki 2 yilliklari oson ko‘karadi hamda tez rivojlanadi. Nisbatan kattaroq 3, 4 yoki 5 yillik ko‘chatlarning esa ko‘karishi va o‘sishi sekinroq kechadi. Ko‘chatlar mart oyining oxirgi 10 kunligidan boshlab aprel oyining 20 ва 25 sanasiga qadar ekiladi. 1 ва 15 aprel oralig‘ida ekilgan ko‘chatlar juda yaxshi ko‘karadi.

Biz bilan bog‘laning

Aloqa

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Rustaveli Sh. 85

Andijon shahri, Mustaqillik 9